Ozbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi

Dehqonobod tumani xalq ta`limi bo`limi

12-UMUMTA`LIM MAKTABI

Yangiliklar

Korona virusni bilim aql sabr bilan yengamiz.

Butun dunyo covid-19, corona virus pandemiyasi bilan kurash olib bormoqda. O‘zbekistonda ham kurash avjida chiqqan bir vaqtda, shifokorlarimiz jasorat ko‘satib pandemiyani yengishga kirishib ketishgan. Karantin vaqtida online darslar televideniya orqali namoyish etilib bormoqda. Bizning 12-maktab jamoasi o‘qituvchilari ham o‘quvchilarga telegram mesengeri orqali topshiriq berib dars mavzularini tushuntirib borishmoqda. Telegramda 24 ta sinf rahbarlar gruppasi ochilgan bo‘lib. Har bir sinfrahbar imkon qadar o‘quvchilarini gruppaga a‘zo qilgan. Fan o‘qituvchilari ham mavzu bo‘yicha topshiriq, ko‘rsatma, uyga vazifa berib borishmoqda. Korona virusni uyda qolib bilim, sabr, aql bilan yengamiz.