O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi

Dehqonobod tumani xalq ta`limi bo`limi

12-UMUMTA`LIM MAKTABI

Yangiliklar

TA`LIM SIFATINI OSHIRISH YO`LIDA

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2017-yil 2-avgust kuni o`tkazilgan "Umumta`lim maktablari va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari o`rtasida o`zaro integratsiyani ta`minlagan holda bosqichma-bosqich 11 yillik majburiy o`rta ta`limni joriy etish masalalari haqida”gi majlisda belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta`minlash va 2017-2018-o`quv yilidan boshlab o`rta ta`lim maktablari 10- sinflarida dars beradigan fan o`qituvchilarining kasbiy bilimlarini yangilash va chuqurlashtirishni tashkil etish, shuningdek metodist o`qituvchilar maktabini tashkil etish asosida uzluksiz malaka oshirish tizimini joriy etish yo`nalishlarida Xalq ta`limi vazirligi tomonidan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 11-12-avgust kunlari A.Avloniy nomidagi xalq ta`limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Markaziy institutida 2017-2018-o`quv yilida o`rta ta`lim maktablarining 10-sinflarida dars beruvchi o`qituvchilar uchun o`tkaziladigan qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining respublika bosqichi o`tkazilmoqda. O`quvlarda hududiy malaka oshirish institutlari rektorlari va kafedra mudirlari, hududiy xalq talimi boshqaruvi idoralari metodika markazlari rahbarlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan tashrif buyurgan 380 dan ziyod ilg`or pedagogik tajribaga ega bo`lgan o`qituvchilar ishtirok etishmoqda.

O`quv kursining ochilishiga bag`ishlangan tadbirda Xalq ta`limi vazirining birinchi o`rinbosari S.Turg`unov so`zga chiqib, Prezidentimiz tomonidan maktablarda 10-11-sinflarni joriy etish bo`yicha berilgan topshiriqlar ijrosi, mamlakatimizda ta`lim-tarbiya sohasini takomillashtirish masalasi davlat siyosati darajasiga ko`ratilgani, bu borada olib borilayotgan ishlar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo`lgan vazifalar haqida to`xtaldi.

Tadbir davomida kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta`lim standartlari (DTS) maqsadi, vazifalari, asosiy prinsiplari, tarkibiy qismlari, joriy etish va nazorat qilish tartibi, 10-sinflarda dars o`tishning zamonaviy usullariga oid ma`ruzalar tinglandi.

Qisqa muddatli o`quv kurslari 12 ta (fanlar kesimida) sho``balar asosida o`tkazilib, unda yangi o`quv yilida fan o`qituvchilari uchun muhim sanalgan masalalar bo`yicha tushuncha va tavsiyalar berildi.

Trenerlarning ushbu o`quvlardan olgan bilimlarini boyitgan holda o`z hududidagi o`rta ta`limning 10-sinflarida dars beruvchi har bir o`qituvchigacha yetkazishi yuqori saviyada yo`lga qo`yiladi. Hududlarda o`quv mashg`ulotlari interfaol, amaliy, trening shaklida tashkil etilib, o`qituvchilar sonidan kelib, fanlar kesimida tashkil etiladi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2017-yil 2-avgust kuni o`tkazilgan majlisda berilgan ko`rsatmalar asosida vazirlik tomonidan xalq ta`limi tizimida rahbar va pedagog xodimlarning uzluksiz malakasinioshirish jarayonlarini tashkil etish mexanizmi ishlab chiqilgan. Mazkur mexanizm fanlar bo`yicha har bir tuman va shaharlarda metodist o`qituvchilar maktabi faoliyatini yo`lga qo`yish, ta`lim muassasalarida yoshlar bilan ishlash jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan.

Mexanizmning maqsadi ilg`or pedagogik tajribaga ega bo`lgan ijodkor, tashabbuskor, fidoyi rahbar va pedagoglar tajribasini ommalashtirish, pedagogika sohasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini ta`minlash, mustaqil ta`lim, qisqa muddatli va sayyor malaka oshirish jarayonlarini tizimli tashkil etish asosida xalq ta`limi tizimi rahbar va pedagog xodimlari kasbiy kompetentligini rivojlantirish vazamonaviy ta`lim muassasalari safini kengaytirishdan iborat.

Uzluksiz malakasini oshirish jarayonlarini tashkil etish mexanizmini joriy etish, metodist o`qituvchilar va murabbiylarning samarali faoliyatini yo`lga qo`yish maqsadida hududiy malaka oshirish institutlari rektorlari va kafedra mudirlari uchun o`quv seminari tashkil etildi. Unda o`quv-seminar ishtirokchilariga:

•    uzluksiz malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish va takomillashtirish metodlari va vositalari;

•    har bir hududiy malaka oshirish institutlarida fanlar kesimida "Metodist o`qituvchilar” hamda "Yoshlar yetakchilari” uyushmasi faoliyatini yo`lga qo`yish;

•    har bir tuman va shaharlardagi "Metodist o`qituvchilar maktabi” va "Metodist murabbiylar muassasasi”, "Zamonaviy ta`lim muassasalari”, "Innovatsion tajriba-sinov muassasalari”da sayyor malaka oshirish kurslarini tashkil etish yo`nalishlari haqida batafsil ma`lumot berildi.

O`quv seminarlarini tashkil etish pedagogik kadrlar malakasini oshirish orqali ta`lim sifati va samaradorligini yuqori pog`onaga ko`tarishda amaliy ahamiyatga egadir.

O`quvlar so`ngida trener-o`qituvchilarga maxsus sertifikatlar topshiriladi.

www.uzedu.uz