O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi

Dehqonobod tumani xalq ta`limi bo`limi

12-UMUMTA`LIM MAKTABI

Tadbirlar

Zahriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligi

13-fevral kuni 12-maktabda 14-fevral “Zahriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligi”ga bag’ishlangan badiiy kecha o’tkazildi. Tadbirni kirish so’zi bilan maktabning ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari B. Qahhorov ochib berib, Zahiriddin Muhammad Bobur tariximizda o’zining o’rniga ega bo’lgan buyuk siymolardan biri ekanligini ta’kidladi.

14-fevral “Zahriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligi”ni yuksak saviyada nishonlash maqsadida tashkil etilgan tadbirni ochiq deb e’lon qildi.
Shundan so’ng Zahiriddin Muhammad Boburning hayot yo’li va uning adabiyotimizga qo’shgan olamshumul hissasi yurtimiz tarixida egallagan o’rni xususida so’zladi. Zahiriddin Muhammad Boburning ijodiy hayoti haqida gapirib, adabiyotimizga qo’shgan hissasini alohida ta’kidlab o’tdi. Bobur ijodiy merosining asosiy qismi bizgacha yetib kelganligini, o’sha davr ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy hayotidan so’zlovchi “Boburnomadek” dek muhtasham tarixiy asar, ayniqsa, yoshlarimizga muayyan ma’naviy ozuqa berib, ularning tarixiy-geografik bilimlarini oshirishga xizmat qilishini aytib o‘tdi.

Shundan so’ng maktabning iqtidorli o‘quvchilari o’zlari tayyorlagan chiqishlarini taqdim etishdi.